MARKETSCOPE HAQIDA

Sotuvchining qaroriga foydali ma’lumot.

Uzum sotuvchilari bozorni, assortimentni va raqobatchilar o‘zgarishini bir paneldan kuzatishi uchun qurilayotgan platforma.

Nima uchun MarketScope?

Narx, qoldiq va mahsulot variatsiyalarini qo‘lda solishtirish vaqt oladi. MarketScope ma’lumotni aniq SKU va kuzatuv vaqti bilan saqlab, sotuvchiga o‘zgarishlarni ko‘rishga yordam beradi.

Hozirgi bosqich

Mahsulot pilot bosqichida. Kategoriya katalogi, SKU variatsiyalari, shaxsiy raqobatchilar kuzatuvi va paneldagi ogohlantirishlar ishlaydi. 2026-yil 6-oktabrdagi boshlang‘ich pilotda 12 kategoriya kesimida 7 491 mahsulot va 27 788 SKU yozuvi yig‘ilgan.

Ma’lumotga munosabatimiz

Noma’lum qoldiq nolga aylantirilmaydi. Kuzatilgan qoldiq kamayishi aniq sotuv sifatida ko‘rsatilmaydi. Qamrov va manba xatolari ochiq belgilanadi; tekshirilmagan aniqlik yoki daromad va’da qilinmaydi.

Mustaqil mahsulot

MarketScope Uzum Market’ning rasmiy xizmati emas. Marketplace’ga oid nomlar va mahsulot havolalari ma’lumot manbasini aniqlash uchun ishlatiladi.